Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida qilichbozlik bo‘yicha “Asian Cadet Cup” musobaqasi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston yoshlar milliy terma jamoasi a’zolari g‘olib va sovrindorlar safidan o‘rin oldi.

Osiyo kubogining qizlar o‘rtasidagi shpaga yo‘nalishida Sanam Nazarova barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, yakunda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Sablya yo‘nalishidagi o‘g‘il bolalar orasida Nursulton Kenesbayev bronza medali bilan taqdirlandi.

Shuningdek, mazkur musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi rapira yo‘nalishida Jamoliddin Maripjonov bronza medali sohibi bo‘ldi. Shu tariqa, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur musobaqada bir oltin, ikki bronza medali bilan yurtimizga qaytadigan bo‘ldi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA