Bugun, 21 yanvar – O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tashkil topgan kun. Bundan roppa-rosa 32 yil muqaddam mamlakatimizda olimpizmning pok va ezgu qadriyatlarini, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish yo‘lida faoliyat olib boradigan tashkilotga asos solindi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi 1993 yil Xalqaro olimpiya qo‘mitasining 101-sessiyasida rasman tan olingan.

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston sportchilari 7 ta yozgi va 8 ta qishki Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini himoya qildi.

Bugungi kunda Milliy olimpiya qo‘mitamizning butun e’tibori davlatimizning bevosita qo‘llab-quvvatlashi bilan sportchilarimizni joriy yil Fransiyaning Parij shahrida o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga puxta tayyorlash va ularning munosib ishtiroklarini ta’minlashga qaratilgan.

T. Ro‘ziyev, O‘zA