“Tata Steel Chess-2024″ xalqaro turnirining “Masters” guruhidagi bahslarning ortda qolgan 7-turida Nodirbek Anish Girini 1-0 hisobida mag‘lub etdi.

Niderlandiyada davom etayotgan mazkur nufuzli musobaqaning 7-turida Vidit – Firuzdja 1:0, Donchenko – Szyuy Venszyun 0,5:0,5, Gukesh – Varmerdam 1:0, Pragnanandxa – van Forest 0,5:0,5, Magsudlu – Nepomnyashiy 0,5:0,5, Vey – Din Lijen 0,5:0,5 natijalari qayd etildi.

Yakunlangan 7-tur o‘yinlaridan keyin turnir jadvalida Abdusattorov, Dommaradju Gukesh va Anish Giri ochkolari sonini 4,5 taga yetkazgan holda yetakchiga aylanib olgan bo‘lsa, ulardan keyingi o‘rinda borayotgan Alireza Firuzdja va Rameshbabu Pragnanandxa 4 ochkoga ega bo‘lib turibdi.

Bugun, 21 yanvar kuni xalqaro turnirning 8-turida Nodirbek qora donalarda Yan Nepomnyashiy bilan kuch sinashadi.

Turning qolgan bahslarida Alireza Firuzdja – Din Lijen, Anish – Vey, van Forest – Magsudlu, Varmerdam – Pragnanandxa, Szyuy Venszyun – Gukesh, Santosh Gudjrat Vidit – Aleksand Donchenko bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, “Tata Steel Chess-2024″ 13 turdan iborat bo‘lib, musobaqalar 28 yanvarga qadar davom etadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA