FOTOREPORTAJ

Joriy yilning 20-21 yanvar kunlari qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichi Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Bugun ana shu nufuzli turnir poytaxtimizdagi “Paxtakor” qilichbozlik majmuida start oldi. Mazkur musobaqada jahonning 8 mamlakatidan tashrif buyurgan 50 nafar mohir qilichboz bellashuvlarga kirishdi.

Qizlar o‘rtasida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan turnirda 15 nafar sportchimiz mamlakatimiz sharafini himoya etmoqda.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA