Toshkentdagi “Paxtakor” qilichbozlik zalida qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar toifasida Jahon kubogi bosqichi boshlandi.

Qizlar o‘rtasida kechayotgan ushbu musobaqada 8 mamlakatdan 50 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Bellashuvlarda “Xanchjou-2022” Osiyo o‘yinlari sovrindori Dilnaz Murtazayeva, shuningdek, Shahzoda Egamberdiyeva, Bibimaryam Saparova kabi xalqaro musobaqalarda shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Dasturga ko‘ra, bugun yakkalik bellashuvlari o‘tkaziladi. Ertaga, 21 yanvar kuni jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA