Serbiyada o‘tayotgan boks bo‘yicha “Millatlar kubogi”da finalchilar aniqlandi.
Ayollar o‘rtasida o‘tayotgan mazkur musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar vakili yetib keldi.
Kecha o‘tkazilgan yarim final bahslarida Aziza Yakubova (52 kg) 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Afsuski, to‘rt nafar bokschimiz imkoniyatni boy berib, musobaqani bronza medallari bilan yakunladi.
-52 kg: Aziza Yakubova – Ra’no Parxatova (Qozog‘iston) 5:0
54 kg: Muxlisa Xushvaqtova – Uljan Sarsanbek (Qozog‘iston) 2:3
63 kg: Mohinabonu Abdullayeva – Lordeana Marin (Ruminiya) 1:4
70 kg: Xadichabonu Abdullayeva – Baljan Askar (Qozog‘iston) 2:3
81 kg: Oltinoy Sotimboyeva – Lyusiya Bilobrk (Xorvatiya) 0:5
“Millatlar kubogi” musobaqasining final janglari ertaga, 21 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA