Serbiyaning Sombor shahrida ayollar o‘rtasida boks bo‘yicha xalqaro XIII “Millatlar kubogi” turniri davom etmoqda.
Unda vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgan hamyurtimiz Feruza Kazakova Ozarbayjon vakili Marjona Savriyevani 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, 60 kilogramm vaznda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Rayhona Qodirova mezbonlar vakilasi Klara Ribakni yengib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Bugun, 19 yanvar kuni besh nafar bokschimiz ringga chiqadi.
52 kg: Aziza Yoqubova (O‘zbekiston) – Ra’no Parxatova (Qozog‘iston);
54 kg: Muxlisa Xushvaqtova (O‘zbekiston) – Uljan Sarsanbek (Qozog‘iston);
63 kg: Mohinabonu Abdullayeva (O‘zbekiston) – Lordega Marin (Ruminiya);
70 kg : Hadichabonu Abdullayeva (O‘zbekiston) – Baljan Askar (Qozog‘iston);
81 kg: Oltinoy Sotimboyeva (O‘zbekiston) – Lusiya Bilobrk (Xorvatiya).
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA