Davlatimiz rahbarining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash doirasida prokuratura organlarida jismoniy tarbiya hamda ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Farmon ijrosini bajarish borasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari o‘rtasida minifutbol bo‘yicha “Boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz o‘tgan musobaqa yakunida “Boshqarma-1” jamoasi birinchi, “Markaziy hudud” jamoasi ikkinchi, “Shimoliy hudud” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan kubok, medal hamda diplom bilan taqdirlandi.

Dovud Abibullayev,  

O‘zA muxbiri.