Tennis: Humoyun Sultonov final yo‘llanmasi uchun kortga chiqadi

310

Qatar poytaxti Doha shahrida tennis bo‘yicha Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan “M25″ turkumiga kiruvchi musobaqa o‘tkazilmoqda.

Unda hamyurtimiz Humoyun Sultonov chorak finalda fransiyalik Antuan Gibodoga qarshi o‘yin o‘tkazib, 6:2, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Endi u final yo‘llanmasi uchun avstriyalik Sandro Koppga qarshi kortga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Humoyun Sultonov o‘tgan haftada Qatarda o‘tkazilgan xalqaro turnirning yakkalik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA