O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq to‘qqizinchi yalpi majlisi ochilishi to‘g‘risida

255

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qirq to‘qqizinchi yalpi majlisi 2024 yil 19 yanvar kuni soat 10:00 da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida o‘z ishini boshlaydi.

Yalpi majlisni videokonferensaloqa tarzida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Yalpi majlis Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritib boriladi.

O‘zA