Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogining ikkinchi tur bahslari doirasida O‘zbekiston va Hindiston terma jamoalari o‘zaro raqobatlashdi.
“Ahmad bin Ali” stadionida o‘tgan ushbu uchrashuvda Srechko Katanets shogirdlari raqiblarini 3:0 hisobida yengdi. Terma jamoamizga g‘alaba keltirgan gollarga Abbos Fayzullayev, Igor Sergeyev, Sherzod Nasrullayev mualliflik qildi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi o‘z hisobidagi ochkolarini 4 taga yetkazdi va guruhning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.
Shuningdek, “B” guruhidagi Avstraliya va Suriya uchrashuvida 1:0 hisobi qayd etildi. Ushbu g‘alaba Avstraliyani 6 ochko bilan keyingi bosqichga olib chiqdi.
Ma’lumot uchun, terma jamoamizning navbatdagi o‘yini 23 yanvar kuni Avstraliyaga qarshi o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA