Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda investitsiya, sanoat va eksport kompleksi uchun mas’ul Bosh vazir o‘rinbosari J.Xoʻjayev chorak yakunigacha o‘zgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

O‘z tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari B.Obidov va Texnik tartibga solish agentligi rahbari D.Sattorov lavozimidan ozod qilindi.

Investitsiya kompleksiga kiruvchi vazir va hokimlarning rejalari va natijalari sust bo‘lgan o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatilib, ularga aniq KPI belgilanishi va shundan keyin bir yil muddatga shartnoma asosida ishga olinishi belgilandi. Natijaga qarab shartnoma uzaytiriladi yoki bekor qilinadi.

 

O‘zA