O‘zbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi tomonidan “LEGALlab: gender va huquqiy muvozanatini izlash” Media Ayvon-2024 Milliy forumi tashkil etildi.

Davlat organlari va fuqarolik jamiyati vakillari, ekspertlar, OAV xodimlari hamda blogerlar ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tadbirda media-axborot, gender va raqamli savodxonlik masalalari, O‘zbekiston media makonidagi zamonaviy kun tartibi, tendensiyalari hamda huquqiy muhiti muhokama qilindi.

M.Eshmirzayeva, N.Abduvoitov (video), O‘zA