Sallivan: dunyo xalqaro munosabatlarning yangi davriga kirmoqda

AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivanning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyat dunyo tartibini belgilash huquqi uchun keskin raqobat boshlangan yangi davr ostonasida turibdi.
U Davos xalqaro anjumanida so‘zga chiqib, hozir ahvol urusholdi yillaridagi vaziyatga o‘xshashini aytgan.
“AQSH 1930 yillardagidan farqli ularoq, o‘zini o‘zi yakkalab qo‘yishga qarab bormaydi, balki tarix qayta takrorlanmasligi uchun harakat qiladi. Biz hozir yangi davrning dastlabki yillarini boshdan kechirmoqdamiz. Qudratli davlatlar Sovuq urush davrining istalgan bosqichiga qaraganda ko‘proq o‘zaro bog‘langan. Biz qurmoqchi bo‘lgan dunyo uchun qattiq raqobatga kirishganmiz”, – dedi Sallivan.
Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar, “ochiq tajovuz”ni qaytarish uchun dunyoni safarbar qilmoqda va munosabatlarimizdagi eng muhim jihatlarini boshqarish uchun shiddatli va faol diplomatiyani davom ettirmoqda.
Rasmiyning aytishicha, u kelajakka nekbinlik bilan qaraydi va Qo‘shma Shtatlar zamonimizning eng katta muammosi, ya’ni, o‘zaro bog‘liqlik davridagi strategik raqobatda muvaffaqiyat qozonish qobiliyatiga ishonadi.