NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina mojarosi “holdan toydirish urushiga aylanmoqda”, deb bayonot berdi.
Uning fikricha, endi kerakli miqdorda o‘q-dorilar va ehtiyot qismlar g‘amlashga e’tibor qaratish lozim.
“Bu majora hozirda tinkani quritish urushiga aylanib bormoqda. Bu nafaqat yangi tizimlarni yo‘lga qo‘yishni, balki kerakli miqdorda o‘q-dorilar va yetarlicha ehtiyot qismlarni g‘amlash zarurligini anglatadi”, – degan Stoltenberg Davosda “Blumberg” axborot agentligiga bergan intervyusida.