Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

251

“Duvenbeck” kompaniyasi Yevropaning jami sakkiz davlati bo‘lmish Germaniya, Avstriya, Vengriya, Ispaniya, Ruminiya, Slovakiya, Polsha, Chexiyada o‘zining 36 ta markaziga ega bo‘lib, transport va logistika xizmatlarining keng tarmog‘ini taqdim etib kelayapti.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Germaniyaning “Duvenbeck”  kompaniyasi bosh menejeri Nils Gerdemann bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda dastlab vazir  IT autsorsing xizmatlarini ko‘rsatishda nemis kompaniyalari bilan hamkorlikda ishlashdan mamnunligini bildirdi.  Shuningdek, vazir IT Park imkoniyatlari, unda xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda soliq imtiyozlari haqida ham qo‘shimcha axborotlar berib o‘tdi.

O‘z navbatida, nemis tili ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha maxsus treninglar tashkil etish takliflari berildi.

 

N.Rahmonova,  

O‘zA