Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogi doirasida Doxa shahridagi «Lusail Boulevard» markaziy maydonida Arab va Osiyo davlatlari savdo ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Mazkur tadbirda 24 mamlakat korxonalari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etyapti. Ko‘rgazmada mamlakatimizning Qatardagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston milliy stendi ham tashkil etilgan.

Taqdimotda mahalliy kimyo, farmatsevtika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati hamda hunarmandchilik mahsulotlari, shuningdek, O‘zbekistonning iqtisodiy va turistik salohiyati to‘g‘risidagi videolavhalar namoyish etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Arab va Osiyo davlatlari savdo ko‘rgazmasi joriy yilning 10 fevral kuniga qadar davom etadi.

O‘zA