Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi

274

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga:

gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, shuningdek, konservatsiyalash, tugatish davrida xavfsizlik deklaratsiyasini tuzish va gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasini davlat ekspertizasidan o‘tkazish va tasdiqlash tartibi;

gidrotexnika inshootlarining davlat kadastrini yuritish tartibi kabi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Mazkur qaror gidrotexnika inshootlarining texnik holati va bexatar ishlashini kuzatib borish imkonini beradi.

O‘zA