Qozog‘iston yetakchisi Qosim-Jomart Toqayev 18-19 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan Italiya va Vatikanda bo‘ladi, deya xabar berdi axborot hamkorimiz “Kazinform”.
Tashrifning birinchi kuni davlat rahbari Rim shahrida Italiya Prezidenti Serjo Mattarella va Bosh vazir Jorjiya Meloni bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Shuningdek, Prezidentning “Qozog‘iston – Italiya” sarmoyaviy davra suhbatida ishtirok etishi, qator yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Qosim-Jomart Toqayev tashrifning ikkinchi kuni Vatikanda Rim papasi Fransisk bilan uchrashadi. Qolaversa, Prezident BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) shtab-kvartiralariga tashrif buyurishi ham ko‘zda tutilgan.
B.Xudoyberdiyev, O‘zA