Poytaxtimizda “Yangi davrda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik” mavzusida konferensiya boshlandi

367

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi huzuridagi Yevropa va Osiyo ijtimoiy taraqqiyot instituti Taraqqiyot tadqiqot markazi bilan hamkorlikda gibrid shaklda konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu yig‘inda O‘zbekiston va Xitoyning siyosiy-diplomatik doiralari vakillari, yetakchi tahlil markazlari xodimlari ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilar siyosat, xavfsizlik, savdo-investitsiya va madaniy-gumanitar hamkorlik sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning muhim istiqbollari haqida fikr yuritmoqdalar.

G.Sattorova, N.Haydarov (surat), O‘zA