O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xabariga ko‘ra, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning xaridlar uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS)ning bir qismini qaytarish tartibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar tomonidan sotib olinganda qo‘shimcha qiymat solig‘ining to‘liq summasi qaytariladigan mahsulotlar ro‘yxati kengaytirilmoqda.

Mazkur tartib 2023 yil may oyida alohida mahsulotlar uchun soliqni nolga tushirishga muqobil sifatida joriy qilingan edi. Endi qo‘y, mol, parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik moyi bilan bir qatorda, un, shakar, dori-darmonlar va tibbiyot xizmatlari uchun ham QQS qoplab beriladi. Oxirgilariga aprel oyidan boshlab nol qiymatdagi soliq bekor qilinadi. Ayni vaqtda QQS qaytariladigan tovarlarning maksimal qiymati ham belgilandi. Bu oyiga 10 bazaviy hisoblash miqdori bo‘lib, u 3,4 million so‘mga teng.

Shu bilan birga, Soliq ilovasida fiskal cheklarini skaner qilishda xaridlar summasi ham cheklandi. Endi oyiga 60 bazaviy hisoblash miqdoridagi cheklarni skanerlash mumkin. Bu 20,4 million so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, chekda to‘lov amalga oshirilgan karta turi ko‘rsatilishi kerak. Korporativ kartalar bo‘yicha xaridlar amalga oshirilganda, keshbek berish bekor qilindi.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA