“Uzbekistan Airways“ matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent – Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan HY271 reysi Toshkent vaqti bilan 12:30da Anqaraga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, parvoz vaqtida yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgan.

Havo kemasini tez yordam mashinalari kutib oldi. Tez orada havo kemasi Istanbuldagi belgilangan aeroportga parvozni davom ettiradi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA