Finlyandiya va Rossiya o‘rtasidagi chegara yana bir oy yopiqligicha qoladi, dedi chorshanba kuni mazkur davlat Qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik vaziri Sari Essayya.

Ikki mamlakat o‘rtasida chegara Fin hukumati tomonidan 15 dekabrdan 14 yanvargacha yopilgan edi.

Finlyandiya o‘tgan yil 9 noyabrdan uchinchi mamlakatlardan nazoratsiz migrantlar to‘lqinini to‘xtatish uchun Rossiyadan kelayotganlarga cheklov joriy qila boshlagan. Natijada 30 noyabrdan 13 dekabrgacha Rossiya–Finlyandiya chegarasining barcha o‘tish punktlari yopildi.

Finlyandiya hukumati Rossiyani xorijdan boshpana qidirib kelayotganlarni atay chegaraga jo‘natayotganlikda ayblab kelmoqda, deb yozmoqda “RIA Novosti”.