AQSHda sof azotdan foydalangan holda jinoyatchiga qo‘llaniladigan birinchi qatl tadbiri joriy yilning 25 yanvar kuni Alabama shtatida amalga oshiriladi.
Bu usul 1988 yilda ruhoniyning xotinini o‘ldirishda ayblangan Kennet Smitga nisbatan qo‘llaniladi, deb yozmoqda Amerikada chop etiladigan “NBC” sayti sud hujjatlariga tayanib.
Smitning advokatlari bu usul shafqatsizlik qoidalaridan ajralib turishini, sof azotdan foydalangan holda jinoyatchini qatl etish qoidasi Alabama shtati hukumatining Smitdan “tajriba quyoni” sifatida foydalanayotganidan dalolat ekanligini bildirishgan.
T. Ro‘ziyev, O‘zA