Qozog‘istonda umumiy maydoni 88 ming gektar bo‘lgan yangi Alatau shahri barpo etildi. Bu haqda Respublika Milliy iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Shahar aholisi 52,7 ming kishini tashkil qiladi. Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining farmoyishini amalga oshirish doirasida Milliy iqtisodiyot vazirligi yangi Alatau shahrini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi.
Rejaga muvofiq, Milliy iqtisodiyot vazirligi Olmaota viloyati hokimligi bilan birgalikda yangi shaharning iqtisodiy hisob-kitoblarini, sxematik xaritasini tayyorlash ishlarini olib bordi. Shuningdek, aholi yig‘inlarini o‘tkazdi, ular asosida qarorlar qabul qilindi.
Yangi shaharning barpo etilishi yo‘l tarmoqlarini, muhandislik va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, investitsiyalar, texnologiya, qo‘shimcha moliyaviy oqimlarni jalb qilish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, soliq tushumlarini ko‘paytirish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida, investitsion jozibadorlikni oshirishga yordam beradi, deyiladi xabarda.
Hisobotda qayd etilishicha, hukumat Erkin iqtisodiy zona (EIZ) hududini 30 ming gektardan 96,5 ming gektargacha kengaytirish va “G4 City” nomini “EIZ Alatau” deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullagan. Shunday qilib, Olatau shahrining butun hududi va Konayev shahrining bir qismi EIZ hududiga kiradi, deyiladi xabarda.
O‘zA