2024 yil 1 yanvardan boshlab Bolalar uylari, Mehribonlik uylari, Bolalarni himoya qilish sho‘’balari hamda oilaviy bolalar uylari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga o‘tkazildi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” farmoniga asosan amalga oshirildi.

Shu paytga qadar Bolalar uylari Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida, Mehribonlik uylari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida, Bolalarni himoya qilish sho‘’balari hamda oilaviy bolalar uylari esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimida bo‘lgan.

Ushbu muassasalarni Agentlik tizimiga o‘tkazishdan asosiy maqsad, aholini ijtimoiy himoyalash yo‘nalishida yagona davlat siyosati va boshqaruv tizimini yaratishdir.

 

M.Komilova, O‘zA