O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdi.

Bosh prokuraturada o‘tgan uchrashuvda tomonlar ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida huquqiy sohada shakllangan munosabatlarning bugungi holati, jinoyatchilikka qarshi kurashish, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlash sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning  istiqbollarini muhokama qildi.

Xususan, mazkur tadbir doirasida xorijiy tomon Bosh prokuratura vakillari tomonidan ekologiya va atrof-muhit sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi va ushbu yo‘nalishda Xitoyning vakolatli organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif bilan chiqdi.

Uchrashuv ishtirokchilari bo‘lib o‘tgan muloqotning ikki davlat huquqni muhofaza qilish organlarining huquqiy masalalar bo‘yicha munosabatlarini mustahkamlashda va uning yanada rivojlanishida yangi turtki bo‘lishini ta’kidladi.

Uchrashuv ikki tomonlama konstruktiv va o‘zaro anglashuv ruhida bo‘lib o‘tdi.

N.Abduraimova, O‘zA