Endi onlayn xaridlar uchun elektron chek beriladi
562

Soliq qo‘mitasining xabar berishicha, tadbirkorlik sub’ektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat’i nazar xaridorga beriladi.
Agar xaridor to‘lovlarni elektron to‘lov tashkilotlari, bank mobil ilovalar yoki elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali amalga oshirsa, unda elektron fiskal chek shakllantiriladi.
Bunday cheklar uchun “Soliq” mobil ilovasida xarid summasining 1 foizi miqdorida keshbek avtomatik tarzda hisoblanadi (buning uchun Soliq ilovasidagi va amalga oshirilayotgan to‘lov tizimidagi (marketpleys) telefon raqam mos kelishi kerak).
Xaridor unga QR-kodli chek berilmagani haqida soliq organiga xabar berishga haqli. Buning uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat yo‘llash lozim. Ilovaning o‘zida murojaat holatini kuzatib borish mumkin.
Sh. Mamaturopova,
O‘zA