Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha vositachilik qilish uchun sa’y-harakatlar Anqaraning 2024 yilgi tashqi siyosat maqsadlaridan joy olgan, shu bois Istanbul tinchlik muzokaralari jarayonini qayta yo‘lga qo‘yishni taklif qiladi, deb xabar tarqatdi “RIA Novosti” Anqaradagi diplomatik manbaga tayanib.

“Ukrainadagi mojaroni hal qilish Turkiya tashqi siyosatida ustuvorlik kasb etadi. Janob Prezident (Rejep Tayyip Erdog‘an) bir necha bor Turkiya har qanday vasitachilik rolini, hatto Istanbul tinchlik muzokarasini qayta tiklash va ikki mamlakat yetakchilarini uchrashtirishga tayyor ekanini ta’kidlagan. Janob Prezident yaqinda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlashganda yana bir bor Anqara vositachilik qilishga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Bu haqda yil boshidan tomonlarga yetkaziladi”, – degan agentlik bilan suhbatlashgan mulozim.

Moskva muzokaralarga tayyorligini har doim ta’kidlab keladi, biroq Kiyev muzokara o‘tkazishni qonun darajasida taqiqlab qo‘ygan, deyiladi xabarda.