G‘azoda Isroil tomonidan o‘ldirilgan jurnalistlar soni 109 nafarga yetdi

327

Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari natijasida yana ikki jurnalist halok bo‘ldi. Bu haqda G‘azo hukumati matbuot xizmati bayonotida aytiladi.

Mustafo Sureyya va Hamza al-Dahduh eksklav janubidagi Xon Yunus shaharchasida Isroil samolyotlari ularning mashinasini urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi.

Hamza al-Dahduh Qatarning “Al Jazeera” telekanali muxbiri Voil al-Dahduhning o‘g‘li. Isroil samolyotlari Xon Yunus shahrida ichida ikki jurnalist bo‘lgan mashinani urib yuborgan.

Bu bilan Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzlari natijasida 7 oktyabrdan beri halok bo‘lgan ommaviy axborot vositalari xodimlari soni 109 nafarga yetdi.

Bayonotda, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va inson huquqlari tashkilotlarini hujumni qoralashga va Isroilga Falastin xalqiga qarshi genotsidni to‘xtatish uchun bosim o‘tkazishga chaqirildi.

Voil al-Dahduh 2023 yil 25 oktyabrda Isroil armiyasining hujumi natijasida xotini, o‘g‘li, qizi va nabirasini yo‘qotdi. Jurnalistning o‘zi dekabr oyida Isroil hujumi oqibatida yaralangan edi.

O‘zA