Turkiyaning 8 viloyatida maxsus xizmatlar tomonidan olib borilgan amaliyotlar natijasida Isroil razvedkasi nomidan josuslik faoliyatini amalga oshirganlikda gumon qilingan 34 kishi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentligi.

Ularning 15 nafari Isroil tashqi razvedka xizmati “Mossad” nomidan “xalqaro josuslik” faoliyatini amalga oshirganlikda gumonlanmoqda.

Gumonlanuvchilar to‘rt kunlik so‘roq va tibbiy ko‘rikdan so‘ng Istanbul sudiga topshirilganligi aytiladi xabarda.

Sud 15 nafar gumonlanuvchini qamoqqa olish, 11 nafar shaxsga nisbatan sud nazorati chorasini qo‘llashni tayinlagan. Ularning shaxsiga, qaysi davlat fuqarolari ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

Yana 8 nafar gumonlanuvchi esa Turkiyadan deportatsiya qilish uchun Migratsiya xizmatiga topshirilgan.