Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Shanxay hamkorlik tashkiloti byudjetini shakllantirish va ijro etish tartibi to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Hujjat mamlakatning milliy huquqiy internet portalida e’lon qilindi.
Belarus parlamenti dekabr oyi oxirida kelishuvni ratifikatsiya qilgan. Hujjat SHHTning to‘laqonli a’zosi maqomini olish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish doirasida Belarus parlament ratifikatsiyasi orqali qo‘shilishi kerak bo‘lgan bitimlar ro‘yxatining oxirgisi hisoblanadi.
“2017 yil 1dekabrda Sochida imzolangan Shanxay hamkorlik tashkiloti byudjetini shakllantirish va ijro etish tartibi to‘g‘risidagi bitimga qo‘shilish”, — deyiladi qonunda. Qonun, shuningdek, Minsk avvalroq qo‘shilgan SHHT doirasidagi kelishuvlarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlarini ham belgilaydi.
SHHT 2001 yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. O‘tgan yilning iyul oyida SHHT sammiti doirasida hali ham kuzatuvchi maqomida bo‘lgan Belarus tomonidan tashkilotga to‘laqonli a’zo davlat sifatida a’zo bo‘lish uchun majburiyatlar to‘g‘risidagi memorandum imzolangan edi. Keyin Hindiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Vinay Kvatra sammit yakunlari bo‘yicha Belarus 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan sammitda Shanxay hamkorlik tashkilotiga to‘laqonli a’zo sifatida kirishini aytdi. Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti 2024 yil iyul oyida Ostonada bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
O‘zA