AQSH Kongressining Vakillar palatasi sobiq prezident Donald Trampni davlat rahbari sifatidagi faoliyati davomida xorijiy hukumatlardan 7,8 million dollardan ortiq mablag‘ olganlikda aybladi.

Bu haqda demokratlar Vakillar palatasining Nazorat va javobgarlik qo‘mitasi hisobotida aytiladi, deb xabar beradi “CBS News”.

Hisobot mualliflarining qayd etishicha, mablag‘lar turli mamlakatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan tashkilotlardan kelgan.

Ushbu to‘lovlar AQSH Konstitutsiyasining mukofotlar to‘g‘risidagi bandini buzgani da’vo qilinadi.

Qo‘shma Shtatlar asosiy qonunining ushbu qoidasi chet el hukumatidan sovg‘a, foyda, lavozim yoki unvon olishni taqiqlaydi.

O‘zA