ANONS: “Slovo patsana” seriali nimaga ishora qilmoqda… (+video)

321

Bugun fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaxolatga karshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Seriallarning yoshlar ongi va ruhiyatiga, ma’naviy dunyosiga jiddiy raxna solishi ko‘plab ilmiy misollar bilan isbotlangan.

2023 yilda eng yuqori reytingga ega bo‘lgan “Slovo patsana. Krov na asfalte” (“Yigit so‘zi. Asfaltdagi qon”) seriali Rossiyada va boshqa mamlakatlar qatori O‘zbekistonda ham birdek keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘proq o‘tish yoshidagi va o‘smirlar hayoti aks etgan serialni kattalar ham, balog‘at yoshiga yetgan va yetmaganlar ham tomosha qilmoqda. Hattoki, sartaroshxonalarda serialning bosh qahramonlari kabi uzun soch va soqolini qirdirib oldirayotgan yoshlar ko‘payib, do‘konlarda serial qahramonlari kabi bosh kiyimlar sotilayotgani haqidagi xabarlar ham yetarli.

Mazkur serialning mafkuraviy oqibatlari, o‘zbek kinomaydonida yoshlarbop o‘z milliy serialimizni zudlik bilan yaratish talabi har qachongidan ham ortgani haqida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Mirodil Abdurahmonov bilan suhbatlashdik.

Suhbatni o‘tkazib yubormang! 

Bizni kuzatishda davom eting. 

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA