O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari tyexnologik parki (IT-Park) rezidentlari tomonidan amalga oshirilishi ruxsat etilgan faoliyat turlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

Endilikda IT-Park rezidentlari multimedia va dizayn (veb-dizayn, grafik dizayn, kompyuter o‘yinlari dizayni, vektor grafika, 3D-grafika, vizualizatsiya, moushn-dizayn) bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish, multiplikatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish, axborot texnologiyalari sohasida loyihalarni venchur moliyalashtirish bilan shug‘ullanish va akseleratsiya dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, kibersport yo‘nalishida xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega.

Yangi faoliyat turlariga muvofiq, IT-Park rezidenti maqomini olish uchun yuridik shaxslar bir qator mezonlarga mos kelishi darkor. Xususan, venchur moliyalashtirish uchun  IT-Park yoki uning filiallari hududida ro‘yxatdan o‘tgan hamda yuridik manzilda joylashgan bo‘lishingiz lozim. Kibersport yo‘nalishida xizmatlar ko‘rsatish uchun esa IT-Park tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra, xalqaro sertifikatga ega bo‘lish kerak.

Yangi faoliyat turlari axborot texnologiyalari sohasida xizmatlar hajmini kengaytirish, shuningdek, mahalliy startaplarni moliyalashtirishga imkon berishi kutilmoqda.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA