Finlyandiyada joriy qishda minus 42,1 daraja sovuq harorat rekordi o‘rnatildi, deb xabar bermoqda “STT” agentligi Finlyandiya meteorologiya institutiga tayanib.

Laplandiyadagi Enontekixo joriy qishdagi eng past haroratni qayd etdi, deb xabar beradi Finlyandiya meteorologiya instituti. Ertalab soat yetti yarimda harorat Selsiy bo‘yicha -42,1 darajani tashkil qildi, – deyiladi hisobotda.

Finlyandiyada ayoz tufayli shahar va shaharlararo poyezdlar ketma-ket uchinchi kunga kechiktirildi.

Kechikishlar 30 daqiqadan uch soatgacha davom etmoqda. Ayrim yo‘nalishlar bekor qilingan. Bundan tashqari, qahraton sovuq avtobus va tramvay qatnoviga to‘sqinlik qilmoqda. Chorshanba kuni 150 dan ortiq avtobus qatnovi bekor qilindi.

Avvalroqqo‘shni Shvetsiyada yanvar oyidagi harorat minus 43,6 daraja bo‘lib, 1999 yildan buyon yangilanmagan edi.

O‘zA