Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tashabbusi bilan boshlangan “Mehr harakati” aksiyasi shahar va tumanlarda davom etmoqda.
Yurtimizda yordamga muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, og‘ir kunida ularga ko‘makdosh bo‘lish kabi ezgu amallarni davom ettirgan holda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi hamda O‘zbekiston nogironlar jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi.
Aksiya doirasida Nukus shahridagi imkoniyati cheklangan, alohida yordamga muhtoj fuqarolar holidan xabar olinib, ular Yangi yil bayrami bilan tabriklandi. Fond tomonidan tayyorlangan sovg‘alar topshirildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri