Xabaringiz bor, 2026 yilning 18-24 oktyabr kunlari Yaponiyaning Nagoya shahrida Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladi.

Musobaqa tashkiliy qo‘mitasi tomonidan Paraosiyo o‘yinlarining logotipi va shiori taqdim etildi. Unga ko‘ra, musobaqa shiori “Bir qalbni tasavvur qiling” deb nomlanadi. Ushbu shiorni tanlashdan maqsad Paraosiyo o‘yinlari orqali sog‘lom va nogiron insonlar orasidagi to‘siqlarni olib tashlashga yordam berish va ular o‘rtasida umumiy jihatlar borligini ko‘rsatishdan iboratdir. 2026 yilgi Paraosiyo o‘yinlarida qit’aning 45 mamlakatidan 4000 ga yaqin para atlet 18 sport turi bo‘yicha kurash olib boradi. Bu Paralimpiya o‘yinlaridan keyingi eng yirik para sport musobaqasi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Xanchjou shahrida 2023 yilning 22-28 oktyabr kunlari IV Paraosiyo o‘yinlari o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi 25 oltin, 24 kumush va 30 bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA