Yana sakkiz kundan so‘ng Qatar futbol maydonlarida Osiyo kubogi o‘yinlari boshlanadi.

Kuni kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar kengashi Osiyo kubogida ishtirok etadigan yakuniy tarkibni e’lon qildi.

Terma jamoamiz tarkibi va ularning raqamlari quyidagicha:

1. O‘tkir Yusupov (“Navbahor”)

2. Muhammadqodir Hamraliyev (“Paxtakor”)

3. Xojiakbar Alijonov (“Paxtakor”)

4. Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”)

5. Rustam Ashurmatov (“Rubin”)

6. Diyor Xolmatov (“Paxtakor”)

7. Otabek Shukurov (“Fatih Karagumruk”)

8. Jamshid Iskanderov (“Navbahor”)

9. Odiljon Hamrobekov (“Paxtakor”)

10. Jaloliddin Masharipov (“Panserraykos”)

11. Oston O‘runov (“Navbahor”)

12. Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”)

13. Sherzod Nasrullayev (“Nasaf”)

14. Jamshid Boltaboyev (“Navbahor”)

15. Umarbek Eshmurodov (“Nasaf”)

16. Botirali Ergashev (OKMK)

17. Bobir Abdixoliqov (“Ordabasi”)

18. Abdulla Abdullayev (“Xorfakkan”)

19. Aziz Turg‘unboyev (“Paxtakor”)

20. Hojimat Erkinov (“Paxtakor”)

21. Igor Sergeyev (“Patum Yunayted”)

22. Abbosbek Fayzullayev (SSKA)

23. Husniddin Aliqulov (“Rizespor”)

24. Azizbek Amonov (“Nasaf”)

25. Abduqodir Husanov (“Lans”)

26. Zafarmurod Abdirahmatov (“Nasaf”).

Kutilganidek terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov jarohat tufayli ushbu ro‘yxatdan o‘rin olmadi. Terma jamoa tarkibida Eldorga tegishli bo‘lgan 14-raqamda Osiyo kubogi o‘yinlarida Jamshid Boltaboyev harakatlanadigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtlarimiz qit’a kubogining dastlabki o‘yinlarini “B” guruhida Suriya, Hindiston, Avstraliya jamoalariga qarshi o‘tkazadi. Milliy terma jamoamiz 13 yanvar kuni Suriya, 18 yanvarda Hindiston va 23 yanvar kuni Avstraliya terma jamoasiga qarshi kechadigan bahslarda maydonga tushadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA