“IRNA” axborot agentligining ma’lum qilishicha, Indoneziyaning Makassar shahrida “Indoneziya-Eron masofaviy robotli jarrohlik markazi” tashkil etiladi. Bu haqda Eronning fan va texnologiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti va Indoneziya sog‘liqni saqlash vaziri yakshanba kuni videokonferensiya orqali bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelishib oldi.

Markazni yaratishda bir tomondan Tehron tibbiyot universitetining fan va texnologiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti idorasi, Eronning “Noavaran Sina Robotics” kompaniyasi, ikkinchi tomondan Indoneziya Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xasanuddin universiteti va “Indopharma” hamkorlik qiladi.