O‘tgan yil boshida qisqa videolarni tomosha qilishga mo‘ljallangan TikTok ilovasiga Qo‘shma Shtatlarda cheklovlar kiritish avj olgan edi. Jumladan, Montana shtatida ushbu ilovani ishlatishga qaratilgan taqiq bo‘yicha qonun imzolangan. Shunga qaramay, TikTok faolligi pasaygani yo‘q. 2024 yilgi AQSHdagi saylovlar va platformadan 150 million amerikalik yoshlar foydalanishini hisobga olgan holda aytish mumkinki, partiyalar ilovani taqiqlashga harakat qilishmaydi.

2024 yilda 70 dan ortiq mamlakatlarda saylovlar bo‘lib o‘tadi. E’tiborli tomoni, TikTok platformasi yil sayin siyosiy yangiliklar va qarashlar markaziga aylanmoqda.

AQSH hukumati mazkur ilova amerikaliklarning ma’lumotlarini Xitoyga sizdirib turishini gumon qiladi. TikTok direktori esa platformaga hukumatning aralashuvi yo‘qligini ta’kidlab keladi.

S.Poyonov, O‘zA