Vladimir Zelenskiy Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbatda Ukraina hududiga so‘nggi bir necha kun davomida qancha raketa zarbasi berilganini ma’lum qildi, deyiladi mamlakat prezidentining ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarida.
“So‘nggi besh kunda Ukraina bo‘ylab kamida 500 ta raketa va dronlar uchirildi”, — degan u.
Zelenskiy bosh vazir Rishi Sunakka Ukrainaning havo mudofaa tizimini mustahkamlashga Buyuk Britaniya sezilarni va har tomonlama yordam ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildirgan.
Avvalroq Ukraina ommaviy axborot vositalari Kiyev va boshqa bir qator viloyatlarda kuchli portlashlar bo‘layotgani haqida xabar tarqatgan edi. Rossiya bergan raketa zarbalari natijasida bir necha tumanlar elektrenergiya ta’minotisiz qolgani, binolar, infratuzilma ob’ektlari vayron bo‘lib, aholi orasida qurbonlar borligi aytilmoqda.