Samarqandda shaxmat bo‘yicha blits va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha poyoniga yetgan jahon chempionati Xalqaro shaxmat federatsiyasining har oy e’lon qilinadigan reytingidagi holatni ham bir qadar yangiladi deyish mumkin.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha jahon shaxmatida yetakchi bo‘lganlar ro‘yxatiga nazar tashlab, aytish lozimki mamlakatimiz shaxmatchilari munosib o‘rinlarga da’vogarlik qilayotganligi e’tiborli hol bo‘ldi.
Albatta, Samarqandda yakunlangan jahon chempionatida garchi yurtimiz shaxmatchilari yuqori o‘rinlarni egallamagan bo‘lsa-da, bir qator yoshlarimizning mahorati oshganligi, musobaqalar davomida dunyo e’tibori O‘zbekistonga qaratilib turilganligi barchasidan ustuvor holat bo‘ldi.
Xalqaro shaxmat federatsiyasi e’lon qilgan dunyoning eng kuchli yuztalikdan 4 nafar shaxmatchimiz o‘rin olganligi buning yorqin dalilidir.
22(24). GM Nodirbek Abdusattorov (2004) — 2727.
36(35). GM Javohir Sindorov (2005) — 2701.
49(47). GM Rustam Qosimjonov (1979) — 2688.
75(78). GM Nodirbek Yoqubboyev (2002) — 2661.
Eng kuchli 20 yoshgacha shaxmatchilar yuzligidan 3 nafar vakilimiz o‘rin olgan:
3(4). GM Nodirbek Abdusattorov (2004) – 2727;
55(69). IM Muhiddin Madaminov (2006) — 2488.
20 yoshgacha bo‘lgan qizlarning kuchli 100 ligidan 2 nafar shaxmatchimiz o‘rin olgan:
14(15). WFM Afro‘za Hamdamova (2009) — 2327;
79(28). WIM Umida Omonova (2006) — 2124.
Rapid yo‘nalishida 3 nafar vakilimiz kuchli yuzlikda qayd etilgan:
13(16). GM Nodirbek Abdusattorov — 2733;
51(56). GM Rustam Qosimjonov — 2648;
88(84). GM Javohir Sindorov — 2618.
Rapid yo‘nalishida xotin-qiz shaxmatchilar kuchli yuztaligida bir nafar vakilimiz joy oldi:
85. WFM Afro‘za Hamdamova — 2298.
Rapid bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar kuchli yuztaligiga 4 nafar hamyurtimiz kirgan:
1(2). GM Nodirbek Abdusattorov (2004) – 2733;
6(8). GM Javohir Sindorov (2005) — 2618;
24(61). IM Muhiddin Madaminov (2006) — 2456;
83. FM Muhammadzohid Suyarov — 2367.
Rapid bo‘yicha 20 yoshgacha qizlar kuchli yuztaligidan 2 nafar hamyurtimiz joy olgan:
10(30). WFM Afro‘za Hamdamova (2009) — 2298;
11(6). WIM Umida Omonova (2006) — 2273.
Blits yo‘nalishida 3 nafar shaxmatchimiz kuchli yuzlikdan joy olgan:
46(31). GM Nodirbek Abdusattorov — 2661;
87. GM Javohir Sindorov — 2618;
93. GM Shamsiddin Vohidov — 2613.
Blits bo‘yicha xotin-qiz shaxmatchilar kuchli yuztaligida 2 nafar vakilimiz bor:
71(54). WIM Umida Omonova (2006) — 2279;
87(60). WFM Afro‘za Hamdamova (2009) — 2260.
Blits yo‘nalishida 20 yoshgacha shaxmatchilar kuchli yuztaligidan 6 nafar vakilimiz joy olgan:
4(3). GM Nodirbek Abdusattorov (2004) — 2661;
23(50). FM Muhammadzohid Suyarov (2009) — 2485;
25(45). IM Muhiddin Madaminov (2006) — 2479;
63. IM Olmos Rahmatullayev (2006) — 2413;
67. FM Humoyun Bekmurodov (2010) — 2405.
Blits yo‘nalishida 20 yoshgacha qizlar kuchli yuzligidan 2 nafar shaxmatchimiz o‘rin olgan:
10(7). WIM Umida Omonova (2006) — 2279;
13(8). WFM Afro‘za Hamdamova (2009) — 2260.
Ko‘rinib turibdiki, yurtimizning umidli shaxmatchilarining mamlakatimizda o‘tkazilgan jahon chempionatidagi ishtiroki va unda qayd etgan natijalari ularning xalqaro FIDE reytingdagi ko‘rsatkichlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyevning natijalari qatorida FIDE yo‘nalishlarida Muhiddin Madaminov, Olmosbek Rahmatullayev, Xumoyun Bekmurodov, Muhammadzohid Suyarov, xotin-qiz shaxmatchilarimizdan Umida Omonova va Afro‘za Hamdamovaning nomlari keltirilayotganligi yangi g‘alabalar, muvaffaqiyatlar oldinda ekanligidan darak beradi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA