Yaponiya g‘arbidagi Noto yarim orolida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 48 kishiga yetdi. Bu haqida Isikava rasmiylari xabar bermoqda.

Kuni kecha Isikava hududida 5-7 magnitudali bir qator kuchli zilzilalar yuz berdi.

Yaponiya meteorologiya agentligi mamlakatning butun g‘arbiy sohillari uchun sunami haqidagi ogohlantirishlarni bekor qildi.

Vajima shahrida tabiiy ofat sabab bo‘lgan yong‘in natijasida 200 dan ortiq bino qisman yoki to‘liq vayron bo‘lgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlarida Yaponiyaning o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlarining 1000 ga yaqin xodimi ishtirok etmoqda.

Oxirgi 24 soat ichida 50 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi.

Zilzila tezyurar temir yo‘l liniyalarida uzilishlarga olib keldi.

O‘zA