AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Isroilga 147,5 million AQSH dollarga harbiy aslahalar sotishni ma’qulladi, deya xabar beradi Pentagon.
Blinken Isroilga zudlik bilan qurol sotishni talab qiladigan favqulodda vaziyatni keltirib o‘tgan va katta miqdorda ushbu davlatga qurol yetkazib berishni ma’qullagan. Bu bilan Blinken bir oy ichida ikkinchi marotaba Kongressning qurol savdosini tasdiqlash jarayonini chetlab o‘tgan.
Bundan oldin ham xuddi shu tariqa Isroilga taxminan 14 ming tank snaryadlarini sotishga ruxsat bergan edi.