Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2018 yil xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019 yilda 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar, 2021 yilda 1644 nafar, 2022 yilda 2316 nafar, 2023 yilda esa 2155 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.

2024 yil 1 yanvar kuni dunyoga kelgan go‘daklarning:

847 nafari qiz,

1012 nafari o‘g‘il bolalardir.

Eng ko‘p chaqaloq Qashqadaryo viloyati (207 nafar) tug‘ildi.

Shuningdek, keyingi o‘rinlarda:

Andijon viloyati – 201 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar),

Samarqand viloyati – 196 (shu jumladan, yetti holatda ikki homilali egizaklar),

Farg‘ona viloyati – 195 (shu jumladan, to‘rt holatda ikki homilali egizaklar),

Surxondaryo viloyati – 185 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar hamda bir holatda uch homilali egizaklar),

Namangan viloyatida – 178,

Toshkent viloyati – 172,

Toshkent shahri – 144 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar),

Buxoro viloyati – 86 (shu jumladan, to‘rt holatda ikki homilali egizaklar),

Jizzax viloyati – 78,

Xorazim viloyati – 72,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 67 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar),

Sirdaryo viloyati – 42 (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar),

Navoiy viloyati – 36 nafar (shu jumladan, bir holatda ikki homilali egizaklar).

Jami 22 ta egizakli tug‘ruqlardan 21 holatda ikki homilali egizaklar hamda Surxondaryo viloyatida bir holatda uch homilali egizaklar – (jami 45 nafar chaqaloq) dunyoga keldi.

 

M.Qosimova,

O‘zA