Germaniyaning Yer aholisi bo‘yicha jamg‘armasi (DSW) ma’lum qilishicha, 2023 yil davomida dunyo aholisi deyarli 66 million kishiga o‘sgan va hozir Yerda 8 milliarddan ortiq kishi istiqomat qilmoqda.
Garchi dunyo aholisi 2023 yil oxiriga kelib o‘sish sur’ati bo‘yicha yuqori darajaga yetgan bo‘lsada, umuman olganda bu holat sekinlashishda davom etmoqda. Dunyo aholisi 1965-1970 yillar orasida eng tez o‘sdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, o‘shandan beri nisbiy o‘sish sur’ati deyarli ikki baravar kamayib ketgan.
Albatta, bu tendensiyalar barcha mintaqalarda bir xil emas. Germaniyaning Yer aholisi bo‘yicha jamg‘armasi (DSW) ma’lumotlariga ko‘ra, Afrikada 2080 yilga kelib 2,5 milliard odam yashaydi, bu hozirgidan ikki baravar ko‘p deganidir.