“The Times” nashrining ma’lum qilishicha, Buyuk Britaniya hukumati yo‘lovchilar pasporti nazorati o‘rniga aeroportlardagi chegara o‘tish joylarida yuzni tanish tizimini joriy qilishni rejalashtirmoqda.
– Britaniyaga kelayotgan yo‘lovchilar chegarada pasportlarini ko‘rsatishlari shart emas. Aeroportlarda shaxsni yuzdan tanib olish ilg‘or tizimidan foydalangan holda mamlakatga kirishga ruxsat beruvchi yangi elektron tizim joriy etiladi, – deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, qirollik aeroportlarida yangi tizimning ilk sinovlari shu yildan boshlanadi.
Britaniya chegara qo‘shinlari rahbari Fil Duglas nashrga bergan intervyusida yangilikdan maqsad “aqlli chegara” yaratish ekanligini aytdi.