Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasi mutasaddilari hamda o‘qituvchilar bilan muloqot qilmoqda.

–500 ming kishi yashaydigan Yangi Andijon shaharchasini barpo etyapmiz. U yerda ta’lim sohasiga ham ko‘p e’tibor qaratamiz.  Nasib qilsa, Andijon markazidan Yangi Andijonga qadar yer usti metrosini ham olib boramiz.

Nafaqat Yangi Andijon, barcha hududlarimizda muallimlarga ham, o‘quvchilarga ham e’tiborni yanada kuchaytiramiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA