“Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun o‘zaro transport bog‘liqligini mustahkamlash” global mexanizmini joriy etish vaqti keldi – Prezident

62

Markaziy Osiyoda Global aksilterror strategiyasini bajarish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda Reabilitatsiya va qayta integratsiya masalalari bo‘yicha Mintaqaviy Kengash tuzilgan. Prezidentimiz uni Xalqaro kompetensiyalar markaziga aylantirishni taklif etdi.

Bu tuzilma muammoli hududlardan qaytarilgan shaxslarni tinch hayotga moslashtirish bo‘yicha tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining mintaqaviy ofisini mamlakatimizda ochish uchun zarur sharoit yaratishga tayyorligi qayd etildi.

–Xalqaro tranzit koridorlarining xavfsizligini ta’minlash va samarali logistika zanjirlarini yaratish o‘ta muhimdir. Bu borada “Barqaror rivojlanish maqsadlari uchun o‘zaro transport bog‘liqligini mustahkamlash” global mexanizmini joriy etish vaqti keldi, deb hisoblaymiz, – dedi Prezident.

O‘zA